- Опыт: 1.5
- График работы: Har Kuni
Описание
Mobil ilova, veb-sayt, CRM va dasturlar uchun sodda, qulay va chiroyli interfeys dizaynini ishlab chiqaman. Dasturchi sifatida dizaynni shunday chizamanki, uni keyin amalda yasash oson va arzon bo'ladi. Xizmatga nimalar kiradi: • Vazifani va foydalanuvchilaringizni o'rganish • Ekranlar tuzilishi va foydalanuvchi yo'li (sxema, prototip) • Barcha ekranlarning tayyor dizayni • Rang, shrift va tugmalar uslubi — yagona ko'rinish • Telefon, planshet va kompyuter uchun moslashuvchan variantlar • Yorug' va qorong'i rejim (kerak bo'lsa) • Ikonka va boshqa grafik elementlar • Dasturchiga topshirish uchun tayyor fayllar Nimalar uchun dizayn qilaman: • Mobil ilovalar (Android, iOS) • Veb-saytlar va landinglar • CRM, admin panel va monitoring panellari • Telegram Mini App • Kompyuter dasturlari (GUI) Qanday ishlayman: 1. Vazifani kelishib olamiz, muddat va narxni aniq aytaman. 2. Avval 1–2 ta asosiy ekranni ko'rsataman, uslubni tasdiqlaysiz. 3. Qolgan ekranlarni chizaman, fikringiz asosida tuzataman. 4. Tayyor dizaynni fayllari bilan topshiraman. Siz nima olasiz: • Barcha ekranlarning tayyor dizayni • Manba fayllar to'liq sizga topshiriladi • Xohlasangiz, shu dizayn asosida ilova yoki saytni o'zim yasab beraman Tajriba: 4 yildan ortiq. Batafsil: futuresoftware.uz


